Главная > Информация о Посольстве > События Посольства
Xitoyga sayohat qilayotgan yo'lovchilar uchun samolyotga chiqish paytida COVID-19 PCR testining salbiy natijasi to'g'risidagi ma'lumotnoma va IgM antitana testi (ikkita salbiy natijali ma'lumotnoma) o'zi bilan birga bo'lishi lozimligi to'g'risida ma'lumot
2020-11-10 18:54
 

Epidemiyaning transchegaraviy tarqalishini minimallashtirish uchun 2020 yil 7 noyabrdan boshlab O'zbekistondan XXR ga uchadigan barcha xitoylik va chet ellik yo'lovchilar samolyotga chiqishdan oldin COVID-19 PCR testining salbiy natijasi va COVID-19 IgM antitana testi uchun salbiy test natijasini taqdim etishlari shart. Shuningdek, "HS" belgisi qo'yilgan yashil QR kodni yoki salomatligi haqidagi guvohnomani olish uchun murojaat qilishlari lozim. Maxsus talablar quyidagilardan iborat:

1. Test talablari

Uchinchi mamlakatlar orqali tranzitsiz to'g'ridan-to'g'ri reys bilan Xitoyga sayohat qilayotgan yo'lovchilar, yo'lga chiqishidan 48 soat oldin, XXR ning O'zbekistondagi elchixonasi tomonidan belgilangan muassasalarda COVID-19 uchun PCR testini va IgM antitana testini topshirishlari kerak.

Uchinchi mamlakatlar orqali tranzit bilan O'zbekistondan Xitoyga sayohat qilayotgan yo'lovchilar COVID-19 uchun PCR sinovidan va COVID-19 ga IgM antitanalari uchun testlardan ikki marta o'tishlari shart.  Sinov uchun biomaterialning birinchi namunasi O'zbekiston Respublikasi hududida samolyot tranzit mamlakatga jo'nab ketguniga qadar 48 soat ichida, ikkinchi namunasi uchinchi davlat hududida (yo'lovchilar Xitoyga so'nggi tranzitini amalga oshiradigan)  samolyot Xitoyga yo'l olishidan oldin, ushbu mamlakatdagi XXR elchixonasi tomonidan belgilangan muassasalarda 48 soat ichida amalga oshiriladi. 

Salomatlik to'g'risida QR kod va salomatlik haqidagi ma'lumotnomaning amal qilish muddati test uchun biomaterialni olgan paytdan boshlab 48 soat.

2. XXR fuqarolari uchun yashil QR kodni olish uchun ariza berish.

PCR testi va IgM antitana testining salbiy natijalarini olgandan so'ng, Xitoy fuqarolari tezkorlik bilan shaxsiy ma'lumotlarni to'ldirishlari, COVID-19 PCR testining salbiy natijalari va IgM antitana natijasi bo'lgan ma'lumotnomalarning fotosuratini "Epidemiyaga qarshi salomatlik  kodi" mini dasturlari orqali yuklashlari kerak bo'ladi. Elchixona tekshiruvdan o'tkazganidan so'ng, fuqaro yashil rangli QR kodni olishi mumkin. Xitoyga to'g'ridan-to'g'ri reyslarni amalga oshiradigan aviakompaniyalar yo'lovchilarga ushbu mamlakatdagi Xitoy elchixonasi yoki konsulligi tomonidan berilgan yashil rangdagi QR kodi asosida bortga chiqish imkoniyatini beradi. Iltimos, salomatlik haqidagi QR kodning amal qilish muddati davomida uchib ketishingizni va aviakompaniyalarga tegishli hujjatlarni tekshirishda yordam berishingizni iltimos qilamiz.

3. Chet el fuqarolariga salomatligi to'g'risidagi ma'lumotnomani berish tartibi.

PCR testining salbiy natijalari va COVID-19 ga qarshi IgM antitanalarining  natijalari haqidagi ma'lumotnomalarni olgandan so'ng, chet el fuqarolari tezkorlik bilan XXR ning O'zbekistondagi elchixonasining maxsus pochtasiga (chinaconsul_uzb@163.com) va so'nggi tranzit mamlakatdagi XXR elchixonasining pochtasiga yuborilishi shart (ma'lumotlar  ushbu elchixonaning veb-saytida) quyidagi hujjatlarning skanerlangan nusxasini yuborishlari lozim: haqiqiy pasport ma'lumotlari sahifasi, PCR testining salbiy natijasi va COVID-19 ga IgM antitana testi natijasi, ariza beruvchi tomonidan imzolangan salomatlik haqida ma'lumotnoma. Elchixona tomonidan materiallarni tekshirgandan so'ng, elchixona muhri tushirilgan salomatlik haqidagi ma'lumotnoma ariza beruvchiga elektron pochta orqali qaytariladi. Ushbu ma'lumotnoma chop etilishi va siz bilan birga olib borilishi kerak. XXR ga to'g'ridan-to'g'ri parvozlarni amalga oshiradigan aviakompaniyalar yo'lovchilarga ushbu mamlakatdagi Xitoy elchixonasi yoki konsulligi tomonidan berilgan sog'liq to'g'risidagi ma'lumotnoma asosida yo'lovchilarga ruxsat beriladi.  Iltimos, salomatlik haqidagi ma'lumotnomaning amal qilish muddati davomida uchib ketishingizni, shuningdek, aviakompaniyalarga uni tekshirishda yordam berishingizni iltimos qilamiz.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning 16-noyabridan boshlab, Xitoyning O'zbekistondagi elchixonasi chet el fuqarolariga eski sertifikat o'rniga "HDC" belgisiga ega bo'lgan yashil rangli QR kodni beradi.  Chet el fuqarolari https://hrhk.cs.mfa.gov.cn/H5/ veb-saytiga tashrif buyurishlari yoki ro'yxatdan o'tish sahifasiga kirish uchun quyidagi QR kodlarini skanerlashlari, so'ngra shaxsiy ma'lumotlarni to'ldirishlari va PCR testining salbiy natijasi va test ma'lumotnomasi , IgM antitanasi natijasi fotosuratini yuklashlari kerak.  Elchixona tomonidan tekshirilgandan so'ng, fuqaro "HDC" belgisi bilan yashil rangdagi salomatlik haqida QR-kodini olishi mumkin. Salomatlik haqida QR kodning amal qilish muddati test uchun biomaterialni olgan paytdan boshlab 48 soat.  Joriy yilning 16-noyabridan  XXR ning O'zbekistondagi elchixonasi eski shakldagi salomatlik haqidagi ma'lumotnomani bermaydi.  O'zbekistondan Xitoyga tranzit bilan sayohat qilayotgan chet el fuqarolari tranzit mamlakatdagi Xitoy elchixonasining ma'lumotnoma berishning yangi tartibi to'g'risidagi ma'lumotlari bilan oldindan tanishishlari shart.

4. Diqqat

1) Iltimos, Xitoyga sayohat qilishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, ushbu ma'lumotlarni diqqat bilan o'qing va kuzatib boring.  Agar siz PCR testi va IgM antitana testining salbiy natijalari to'g'risidagi guvohnomani ololmasangiz, samolyotga chiqishdan oldin yoningizda yashil QR kodi yoki sog'lig'ingiz to'g'risidagi guvohnoma bo'lmasa, demak, siz parvoz uchun ruxsat beradigan shartlarga hali javob bermaysiz. Bunday holda, siz sayohatingizni oqilona qayta rejalashtirishingiz yoki unga o'zgartirish kiritishingiz kerak.

2) Iltimos, tanlangan tranzit mamlakatda XXR elchixonasi va konsulliklari tomonidan tasdiqlangan tegishli qoidalar va ushbu mamlakatdagi elchixona yoki konsulliklar tomonidan tayinlangan testlarni o'tkazish uchun belgilangan tashkilotlar to'g'risidagi ma'lumotlarni, shuningdek, tranzit mamlakatga kirish qoidalari va PCR uchun tegishli talablarni oldindan o'rganib chiqing. Agar tranzit mamlakat aeroportida testlarni topshirish uchun sharoit mavjud bo'lmasa, iltimos, tranzit mamlakatga kirish uchun viza oling va test topshiring , so'ngra ikkinchi sinov natijalarini yakunlang.

3) Iltimos, tranzit davlatga kirishni taqiqlash, testlarni o'tkazmaslik, QR kodi yoki sog'liqni saqlash sertifikati talablariga mos kelmaslik kabi muammolarning oldini olish uchun Xitoyga sayohat qilishda tranzit mamlakatingizni ehtiyotkorlik bilan tanlang.  Bu samolyotga chiqishga to'sqinlik qilishi, tranzit mamlakatda qolib ketish va kasallik yuqish xavfi ortishiga olib kelishi mumkin.

XXR ning O'zbekistondagi elchixonasi barcha yo'lovchilar tegishli epidemiyaga qarshi qoidalarga qat'iy rioya qilishlari va PCR testi va IgM antitana testlarining haqiqiy natijalarini taqdim etishlari kerakligini eslatadilar.  Soxta PCR sinovlaridan foydalanish qonuniy javobgarlikka olib keladi.

 

Tibbiy test tekshiruvlarini o'tkazish uchun XXR ning O'zbekistondagi elchixonasi tomonidan tayinlangan tashkilotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti

Toshkent, Yunusobod, 3-kvartal, Yangi shahar ko'chasi, 7A

 Tel: +998-71- 2248326

2.China-Uzbekistan Medicine Technical Park,г. Ташкент, ул. Сохибкор дом 2. (Yunusobod tumani,Soxibkor ko'chasi, 2-uy);тел:中文/English: +998-99-8996122,中文/Uzbek/Russian: +998-97-4476297

3. NDC-Medic

Toshkent shahri, Shayxontohur tumani,  Farobiy ko'chasi, 14A uy

Tel:+998-90-1750368,+998-99-9778632

4. HI-TECH LABORATORIES

Toshkent shahri, Bektemir tumani, Vodnik massivi, Husayn Bayqaro ko'chasi, 51-uy,

Tel: +998-71-1290808, +998-71-2950014

5. PARIZODA MEDICAL SERVICE

Samarqand shahri, Mirzo Ulug'bek ko'chasi 72-uy

Tel: +998-95-5001848

6. GEMO-TEST

Navoiy shahri, Navoiy ko'chasi 2-uy

Tel: +998-79-2201346, +998-95-6100309, +998-93-3109422

7. THE FREE-JOY MEDICAL LABORATORY

Farg'ona shahri, Istiqlol ko'chasi, 4A,

Tel: +998-91-1263040

реконмендовать другому:   
печать