На днях на журнале «International affairs» Университета мировой экономики и дипломатии опубликована авторская статья Чрезвычайного и Полномочного посла Китая в Узбекистане Юй Цзюня «Islohotlar, ochiqlik, taraqqiyot va tiklanish yo‘lidagi hamkorlik». Ниже следует полный текст:
Bu yil Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etilganining 75 yilligi nishonlanmoqda. 75 yil davomida Kommunistik partiya rahbarligida Xitoy xalqi milliy mentalitetga mos ravishda rivojlanish yo‘lidan og‘ishmay, o‘ta qashshoqlikdan to‘liq farovonlikka erishish yo‘lini bosib o‘tdi. Xitoy oyoqqa turish, boy va qudratli bo‘lish uchun buyuk sakrashni amalga oshirdi va endi Xitoy modernizatsiyasi orqali kuchli davlat qurish va milliy tiklanish sari yangi bosqichga qarab bormoqda.
Mamlakat yuqori sifatli rivojlanishni faol ilgari surmoqda, yuqori darajadagi ochiqlikni kengaytirmoqda, fan va texnologiyalar sohasida mustaqillik tamoyiliga amal qilmoqda, bir qator yirik islohotlar va strategiyalarni amalga oshirmoqda, dunyoning boshqa mamlakatlari bilan birgalikda "Bir makon, bir yo‘l" tashabbusini barpo etib, jahon iqtisodiyoti bo‘yicha ikkinchi yirik mamlakatga va global ishlab chiqarish-ta’minot zanjirlarining ajralmas bo‘g‘iniga aylanib, bir necha yil davomida jahon iqtisodiy o‘sishiga 30 foizdan ortiq hissa qo‘shib kelmoqda. Xitoy xalqning baxtli hayotini ta’minlashni inson huquqlarining eng oliy ko‘rinishi deb biladi. Taraqqiyot natijalaridan barcha insonlar ko‘proq va adolatliroq foyda olishiga intilmoqda. Xitoy dunyodagi eng yirik ijtimoiy ta’minot tizimini yaratdi va qariyb 100 million qishloq aholisini qashshoqlikdan muvaffaqiyatli chiqarib, jahon miqyosida qashshoqlikka qarshi kurashga 70 foizdan ortiq hissa qo‘shdi. Xitoy ma’naviy madaniyatni rivojlantirishga katta e’tibor qaratib, sog‘lom va ijobiy qadriyatlarni targ‘ib qiladi, buyuk madaniy merosni asrab-avaylaydi hamda avloddan-avlodga yetkazadi.
Ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash va sportni faol rivojlantiradi, odamlarning yuqori sifatli ma’naviy va madaniy hayotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradi. Xitoy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va atrof-muhitni muhofaza qilishga kompleks yondashadi, shu bilan birga uglerod chiqindilarini kamaytirish, atmosferaning zaharlanish darajasini pasaytirish, yashillikni ko‘paytirish g‘oyalarini ilgari suradi, shuningdek, inson va tabiat uyg‘unligining yangi zamonaviy yo‘lini o‘rganishg e’tibor qaratadi.
Joriy yilning iyul oyida XXKP Markaziy Komitetining 20-chaqiriq Uchinchi plenumi muvaffaqiyatli bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda islohotlarni yanada chuqurlashtirish va Xitoy modernizatsiyasini ilgari surish bo‘yicha umumiy reja ishlab chiqildi, shuningdek, yuqori darajadagi ochiqlikni yanada kengaytirish bo‘yicha aniq signal berildi. Yig‘ilishda islohotlarning 300 dan ortiq muhim chora-tadbirlari taklif etildi, iqtisodiy tizim islohotlarining yetakchi roli ta’kidlangan "yo‘l xaritasi" va islohotlar jadvali taqdim etildi. Asosiy e’tibor yettita asosiy yo‘nalishga qaratilgan: demokratiya va huquq-tartibot, madaniyat, ijtimoiy masalalar, aholi hayotini yaxshilash va boshqalar. Bu islohotlarning tizimli xususiyatini, siyosatning uzluksizligini va rivojlanishning barqarorligini ta’kidlaydi, bu esa Xitoy modernizatsiyasining institutsional asosini yanada mustahkamlaydi.
Kengashda yuqori sifatli taraqqiyot sotsialistik modernizatsiyalashgan davlatni har tomonlama barpo etishning birinchi darajali vazifasi ekanligi aniq belgilab olindi. Xitoyning iqtisodiy o‘sishi "yuqori sur’at"dan "yuqori sifat"ga o‘tmoqda, sanoatning yangi tarmoqlarini kengaytirish va mustahkamlash, kelajak tarmoqlarini qurish, an’anaviy sanoat tarmoqlarini o‘zgartirish va takomillashtirish, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni rag‘batlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlar, ishlab chiqarishni intellektual va ekologik jihatdan toza rivojlantirish va dunyoda uzoq muddatli o‘sish davrining yangi bosqichiga olib kelishi kutilayotgan yanada kuchli, tizimli va barqaror rivojlanishga erishish muhokama qilindi.
Yig‘ilishda ochiqlikni yuqori darajada kengaytirish bo‘yicha muhim ko‘rsatma berildi. Keng ko‘lamli ichki bozorning afzalliklariga tayanish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish jarayonida ochiqlikni amalga oshirish salohiyatini oshirish, yanada yuqori darajadagi ochiqlikka ega yangi iqtisodiyot tizimini yaratish zarurligi ta’kidlandi. Institutsional ochiqlikni izchil kengaytirish, tashqi savdo tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish, xorijiy investitsiyalar va chiquvchi investitsiyalarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, ochiqlikning mintaqaviy tuzilmasini optimallashtirish, shuningdek, "Bir makon, bir yo‘l" tashabbusining yuqori sifatli qo‘shma qurilishini ilgari surish mexanizmlarini takomillashtirish rejalashtirilgan.
Yig‘ilishda Xitoy o‘zining erkin va mustaqil tinch tashqi siyosatiga qat’iy amal qilishi, insoniyatning yagona taqdiri hamjamiyatini qurishga faol hissa qo‘shishi, butun insoniyat uchun umumiy bo‘lgan qadriyatlarni ro‘yobga chiqarishi va global taraqqiyot tashabbusi, global xavfsizlik tashabbusi va global sivilizatsiya tashabbusi kabi g‘oyalarni amalga oshirishi ta’kidlandi.
Xitoy global boshqaruv tizimini isloh qilish va rivojlantirishda ishtirok etib, jahon taraqqiyotiga yangi sur’at bag‘ishlash uchun, teng huquqli va tartibli ko‘p qutbli dunyoni, inklyuziv va hammabop iqtisodiy globallashuv g‘oyalarini faol ilgari suradi. Uzoq muddatli mo‘tadillik va ulkan o‘sish salohiyati tufayli Xitoy barqarorlikni mustahkamlashga hissa qo‘shadi, rivojlanish uchun kengroq imkoniyatlar yaratadi va global tahdidlarga qarshi kurashda sa’y-harakatlarni birlashtiradi.
Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari jahon tendensiyalariga amal qilib, "oltin o‘ttiz yil"lik marradan muvaffaqiyatli o‘tib, yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi yo‘liga asos soldilar. Ular yangi xalqaro munosabatlar namunasini o‘rnatdilar va insoniyatning yagona taqdiri hamjamiyatini qurish amaliyotida ilg‘or hisoblanadilar.
O‘tgan yilning may oyida Xitoyning Sian shahrida "Xitoy - Markaziy Osiyo" sammiti muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Olti davlat rahbarlari kelajakka e’tibor qaratib, Xitoy va Markaziy Osiyoning o‘zaro yordam, birgalikdagi taraqqiyot, umumiy xavfsizlik va kelajak avlod uchun do‘stlikka asoslangan yagona taqdir hamjamiyatini birgalikda qurishning keng istiqbollarini belgilab, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning yangi davrini boshlab berdilar. O‘tgan yil davomida yetakchilarning konsensus va qarashlari tezda harakat va natijaga aylandi. Yil davomida Sian shahrida "Xitoy - Markaziy Osiyo" mexanizmi kotibiyati rasman ochildi, bu ikki tomon o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish uchun ishonchli institutsional asos yaratdi. Xitoy statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda Xitoyning Markaziy Osiyoning beshta mamlakati bilan savdo aylanmasi 89,4 milliard AQSH dollariga yetdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 27 foizga ko‘pdir. Joriy yilning birinchi yarmida Xitoyning Markaziy Osiyo bilan tovar ayirboshlash hajmi 44,3 milliard AQSH dollaridan oshdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11,3 foizga ko‘pdir. Xitoy ko‘p yillar davomida ushbu besh mamlakatning asosiy savdo hamkori bo‘lib kelmoqda va yangi energetika, zamonaviy ishlab chiqarish, transport infratuzilmasi va boshqa sohalarda investitsiyaviy hamkorlik sur’atlari o‘sishda davom etmoqda, yuk tashish va odamlarning harakati tobora qulay va erkin bo‘lib bormoqda. Barcha tomonlar orziqib kutgan Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston temir yo‘lining muhim loyihasi yangi bosqichga o‘tdi: joriy yilning iyun oyida uch tomonlama hukumatlararo bitim imzolandi va qurilish shu yilning o‘zida boshlanishi kutilmoqda. Ushbu loyiha "Bir makon, bir yo‘l" tashabbusining yana bir flagmani bo‘lib, "Xitoy - Markaziy Osiyo" transport yo‘lagi qurilishini yanada yaxshilaydi va mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlaydi. Bu, o‘z navbatida, mintaqada sanoatni rivojlantirish, iqtisodiyotni transformatsiya qilish va mamlakatlarni global bozorga yanada chuqurroq jalb qilishga yordam beradi, bu esa sezilarli iqtisodiy va ijtimoiy foyda keltiradi. Bundan tashqari, tomonlar o‘rtasidagi madaniy almashinuvlar alohida e’tiborga loyiqdir.
Xitoy va Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati va san’ati faol rivojlanmoqda, ta’lim sohasidagi hamkorlik kengaymoqda, ommaviy axborot vositalari va ular o‘rtasidagi hamkorlik kengaymoqda, tahliliy markazlar va yoshlar bilan hamkorlik esa xalqlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlik va do‘stlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Xitoy va O‘zbekiston - yaxshi qo‘shni, yaxshi do‘st, ishonchli hamkor va qadrdon qardosh, maqsadlari va taraqqiyot falsafasi o‘xshash. Keyingi yillarda davlatimiz rahbarlari diplomatiyasi rahnamoligida Xitoy-O‘zbekiston munosabatlari jadal sur’atlar bilan rivojlanib, yangi davrda barcha sharoitlarda barqaror, keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi. Ikki mamlakat "Bir makon, bir yo‘l"ni birgalikda yuqori sifatli qurishni kengaytirish va chuqurlashtirishda davom etmoqda va qator ijobiy natijalarga erishmoqda. Tomonlar har doim bir-birlarini qiziqtirgan masalalarda qat’iy qo‘llab-quvvatlaganlar, xavfsizlik va taraqqiyotning umumiy manfaatlarini ta’minlash maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti va Xitoy-Markaziy Osiyo mexanizmi kabi ko‘p tomonlama tuzilmalarda yaqin hamkorlikni muvofiqlashtirilgan holda qo‘llab-quvvatlamoqdalar.
Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida turli sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlik faol rivojlanmoqda. 2023-yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi rekord ko‘rsatkich - 14 milliard AQSH dollariga yetdi. Joriy yilning birinchi yarmida Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo ancha jadal sur’atlar bilan o‘sishda davom etdi, ikki tomonlama savdo hajmi qariyb 5,9 milliard AQSH dollarini tashkil etdi va Xitoy O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkori va asosiy investitsiya hamkori maqomini saqlab qolishda davom etmoqda. Ikki tomon delegatsiyalari barcha darajalarda yaqin almashinuvlarni amalga oshirdilar, yangi energetika, infratuzulmalarni, axborot va kommunikasiya sohalarida hamkorlik, ishlab chiqarish, zamonaviy qishloq xo‘jaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikda ijobiy dinamikani saqlab qoldi, hamkorlikning muhim loyihalari izchil ilgari surilmoqda, Xitoy korxonalari O‘zbekistonga faol sarmoya kiritmoqda va ular gullab-yashnamoqda, tezkor mahalliy hamkorlik esa yangi yorqin lahzalarga aylandi. Tomonlar kambag‘allikni kamaytirish, inson huquqlari va korrupsiyaga qarshi kurash kabi sohalarda tajriba almashmoqdalar, oily ta’lim almashinuvlarini faol rag‘batlantirmoqdalar, qo‘shma ta’lim imkoniyatlarini o‘rganoqdalar, xitoy tilini o‘qitish sohasida ta’lim sohasidagi hamkorlik sur’atlarini kengaytirmoqdalar, ikki mamlakatning tarixiy va madaniy afzalliklarini faol o‘rganmoqdalar, qo‘shma arxeologik ishlar va turizm kabi sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirmoqdalar, odamlar o‘rtasidagi aloqalarni yengillashtirish va mustahkamlash uchun kadrlar almashinuviga yanada ko‘maklashmoqdalar.
Ayni paytda Prezident Mirziyoyevning kuchli rahbarligida "Yangi O‘zbekiston" qurilishi jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarda qator muhim islohotlar amalga oshirilmoqda, mamlakat taraqqiyoti gullab-yashnamoqda, uning xalqaro va mintaqaviy nufuzi sezilarli darajada kuchaymoqda.
Islohotlar va ochiqlik, shuningdek, rivojlanish va qayta tiklanish borasidagi safdoshlar sifatida Xitoy-O‘zbekiston hamkorligini chuqurlashtirishni davom ettirish nafaqat ikki davlat rahbarlarining umumiy siyosiy intilishi, balki ikki mamlakat xalqlarining umumiy umidlari va tub manfaatlariga mos keladigan zamonaviy rivojlanish tendensiyalariga ham javob beradi. Tomonlar davlat rahbarlari tomonidan erishilgan muhim kelishuvlarni vijdonan bajarishda davom etadilar, rivojlanish strategiyalari uyg‘unligini chuqurlashtiradilar, bir-birlarini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydilar, o‘zaro ta’lim va tajriba almashishni kuchaytiradilar, rivojlanish uchun imkoniyatlar almashadilar, barcha sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlik ko‘lami va chuqurligini doimiy ravishda kengaytirib boradilar, Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi umumiy taqdir hamjamiyati asosini yanada mustahkamlaydilar, hamkorlik natijalari ikki mamlakat xalqlariga ko‘proq foyda keltirishi uchun shuningdek, rivojlanish va xavfsizlik sohasidagi umumiy manfaatlarni birgalikda himoya qilish, mintaqaviy tinchlik, barqarorlik va farovonlikni qo‘llab-quvvatlashda birgalikda harakat qiladilar.